FAQ

Ko‘p so‘raladigan savollar

Telegram guruhimizda eng ko‘p beriladigan savollar va javoblar.

Joylar to’ldimi?

Sayt har bir sayohat sahifasida qolgan joylar sonini jonli ko’rsatadi.

Qachon va qanday to’lov qilaman?

Bron 100% oldindan to’lovdan keyin tasdiqlanadi. To’lovni sayt orqali amalga oshirasiz.

Qizlar ham boradimi?

Ha. Ko’p kunlik sayohatlarda qizlar va yigitlar uchun alohida transport va chodirlar ajratiladi.

Soat nechchida ketib, nechchida qaytiladi?

Har bir sayohat sahifasida jo’nash va qaytish vaqti hamda to’liq agenda ko’rsatilgan.

Sayyohlar Community ga qanday qo’shilaman?

Bir martalik 60 000 so’m to’lov orqali. Shundan keyin har sayohatga 20–25% chegirma olasiz.

Sayyohlar Family ga qanday qo’shilaman?

Family a’zoligi doimiy sayyohlar va tashkiliy jamoa uchun qo’lda beriladi.

Bu faqat Toshkentdagilar uchunmi?

Yo’q, viloyatlardan ham qo’shilish mumkin. Yig’ilish nuqtasi Toshkentda.

Peak33 loyihasi nima?

O’zbekistonning 2000 m dan baland 33 ta cho’qqisini zabt etish challenge’i. Profilingizda progress ko’rinadi.

Nimalar olib borishim kerak?

Har sayohat sahifasida ob-havo prognozi va tavsiya etilgan jihozlar ro’yxati bo’ladi.

Bron bekor qilinsa pul qaytadimi?

Faqat o’rningizni bosuvchi turist topilsa. To’lov boshqa sayohatga ko’chirilmaydi.

Javob topolmadingizmi?

Telegram orqali adminimizga yozing.

@sayyohadmin ga yozish